Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida farmoni eʼlon qilindi.
Farmonga koʻra bir qancha taʼlim fidoiylari, oʻqituvchi va rektorlar ham turli davlat unvonlari bilan taqdirlandi. Jumladan:
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni bilan
Narmatov Feruzbek Ruzimbayevich — Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti oʻqituvchisi, baxshi
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
Xodjayev Ablat — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti boʻlim boshligʻi
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Abdullayev Nasrulla Djalilovich — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktori oʻrinbosari
Askarov Ibragim Raxmanovich — Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi professori
Botirov Nizomidin Fayzullayevich — Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori
Raxmanov Vaxob — Guliston davlat universitetining oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti
Saatov Talʼat — Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti laboratoriya mudiri
Tojiyev Kilich Musajonovich — Oltiariq tumanidagi 14-bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori, xonanda, Fargʻona viloyati
“Doʻstlik” ordeni bilan
Baymuratova Irina Viktorovna — Angren shahridagi 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati
Muxtarov Ildar Askadovich — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi
Omar-Mun Yasmina Xalidovna — Uchtepa tumanidagi 16-bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchisi, xonanda, Toshkent shahri
Taraskin Aleksandr Andreyevich — Toshkent shahridagi “Smart school” nodavlat taʼlim muassasasining biologiya fani oʻqituvchisi
Xaji Akbar Aysa – Shinjon tibbiyot universiteti rektori, Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizik-kimyoviy texnika institutining akademik direktor oʻrinbosari
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Janabayev Baxtiyor Bazarbayevich — Toshkent davlat tibbiyot universitetining koʻp tarmoqli klinikasi boʻlim mudiri
Masharipov Kadambay – Urganch davlat tibbiyot institutining nefrologiya, gemodializ, travmatologiya va ortopediya kafedrasi dotsenti
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Mannopova Oydinxon Sultonaliyevna — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyining ijrochi direktori
Suyarkulov Sherali Rustambekovich — Fargʻona davlat universitetining aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va dorivor oʻsimliklar kafedrasi katta oʻqituvchisi
Teshabayev Tulkin Zakirovich — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori
“Shuhrat” medali bilan
Abdullayev Ravshan Oʻktamovich — Yangiobod tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining geografiya fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati
Gulmurotov Dilmurod Sayitmurotovich — Guliston tumanidagi 2-bolalar musiqa va sanʼat maktabining baxshichilik sinfi oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati
Maxmudova Farangiz Nuridin qizi — Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining maqom cholgʻu ijrochiligi kafedrasi oʻqituvchisi, sozanda
To’liq ro’yxat bu yerda: https://president.uz/uz/lists/view/8413
