Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi! Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi telegram tarmog’ida xabar qildi. Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi. Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) o‘tkaziladi. Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish […]
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra: – test sinovining yozma qismi — 23–24-noyabr kunlari; – gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 25-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari). Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari […]
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tomonidan 2023-yil 31-avgustda “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 282-sonli buyruq imzolangan. Buyruq matni va unga ilovalar bilan quyidagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin: Namunaviy odob-axloq qoidalari
Amerika Qoʻshma Shtatlarining Kaliforniya shtati Santa Klara shahrida Silikon vodiysi Xalqaro ixtirochilar innovatsion festivali — “The Silicon Valley international invention festival (SVIIF)” boʻlib oʻtdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi. Qayd etilishicha, unda ilk bor oʻzbekistonlik olima ayol, Toshkent davlat texnika universiteti kafedrasi mudiri Parahat Matyoqubova ishtirok etdi. Matyoqubova festival doirasida tashkil qilingan tanlovda […]
Yangi o‘quv yilida 719 366 nafar maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. “Ta’minot va logistika xizmati” korxonasi tomonidan 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar uchun beriladigan 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” 10-avgustga qadar hududlarga, 20-avgustga qadar esa qabul qilingan o‘quvchilar soniga mos ravishda barcha maktablarga to‘liq yetkaziladi.
Jabrlanuvchi hozirda shifoxonada tibbiyot xodimlari nazorati ostida davolanmoqda. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Maktab oʻquvchilari uchun chorakning soʻnggi kuni 2-noyabrga toʻgʻri kelib, 4-noyabr kuzgi taʼtilning ilk kuni sanaladi. Taʼtil 6 kalendar kun, yaʼni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 11-noyabrdan boshlanadi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, oʻquvchilar uchun taʼtil kunlari quyidagicha belgilangan: – kuzgi tatil – 4-noyabrdan boshlab kalendar kun; – qishki taʼtil […]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-sonli “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi” nizomida oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi, maxsus sirtqi va kechki ta’lim shakllarida o‘qitish tartibi belgilangan. Ushbu nizom hozir ham amalda. Nizomning yettinchi bandiga ko‘ra, sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o‘qish muddati: sirtqi shaklda — […]
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 6-bandiga ko‘ra ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilangan edi. Ushbu bandga Vazirlar Mahkamasining […]
Toshkent shahrida joylashgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning rasmniy saytlarini bir yerga jamladik. Siz ushbu sahifa orqali ta’lim muassasalarining statistikalari va muhim ma’lumotlari bilan tanishishingiz mumkin. № Oliy ta’lim muassasi nomi Mulkchilik shakli Veb sayt Statistika 1 D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining Toshkent filiali Xorijiy muctr.uz 2 […]
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda maktab rahbariyatining darsni tahlil qilishiga cheklov o‘rnatilmagan. Xalq ta’limi vazirligining 07.12.2019 yil 393-sonli buyrug‘i hamda Xalq ta’limi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrug‘iga asosan direktorning o‘quvchilarning bilimlari sifatini davlat ta’lim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta’minlash va nazorat qilish, o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishini yaxshilash va ularga sifatli ta’lim berish maqsadida maktabni uzluksiz […]
Hodisa Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 235-maktabda sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi 2024-yilning 21-25-oktabr kunlari o’tkaziladi. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fan olimpiadalarini o’tkazish va iqtidorli o’quvchilarni saralash boshqarmasi ma’lum qildi. Tuman bosqichi qayerda o’tkazilishini quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.
Attestatsiyada o‘qituvchilarni qanday yangiliklar kutayotgani ma’lum qilindi. Yangi tartiblarga ko‘ra, yuqori malaka va sertifikatlarga ega bo‘lgan pedagoglarga qo‘shimcha ball berish imkoni kengaytiriladi. Shuningdek, pedagoglar uchun boshqa ijobiy yangiliklar ham joriy etiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Raximboyev “Xalq ta’lim Info” saytiga […]
2024-yil 1-iyundan davlat bog‘chalarida ishlovchi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarning maoshi oshirilishi belgilangandi. Biroq jismoniy tarbiya, musiqa fanidan dars beruvchilarning ish haqi ko‘tarilmay qoldi.
2025–2026 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda qo‘llanadigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlari Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz rasmiy saytida e’lon qilindi. Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan. Eslatma! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining […]
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi. 2024-yil 22-sentabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan. Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 23–27-sentabr, 2–4-oktabr kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazilgan. Muhim! Test sinovi natijalari 11-oktyabrda e’lon qilinadi.
Huquqshunoslik fanlariga oid testlarning darsliklarda mavjud bo’lmagan ma’lumotlardan, xususan, Kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan abituriyentlar norozilik bildirgan edi. Jumladan, davlat ramzlari to’g’risidagi qonunlar (bayroq qachon ko’tarilishi, madhiya soat nechida aytilishi va hk), davlat byudjeti to’g’risidagi qonun va shu kabi savollar yuzasidan shikoyatlar tarqaldi. Bilimni baholash agentligi ushbu vaziyatga nisbatan munosabat […]
Gamburger, chizburger, hot-dog, “kiriyeshki”, “xrustyashki”, chips, energetik va gazlangan ichimliklar – Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bu turdagi mahsulotlarni kundalik taomnomadan chiqarishni tavsiya qiladi. Qolaversa, ular Oʻzbekistondagi umumtaʼlim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat va taomlar roʻyxatiga kiritilgan. Xususan, “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga koʻra, […]
Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Aziza Neʼmatova “Women In Tech” global dasturining Kavkaz va Oʻrta Osiyo mintaqasi boʻyicha “Intiluvchan yosh” mukofotini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik boʻldi. U axborot texnologiyalari sohasida katta natijalarga erishmoqda. Xususan, “Kiberxavfsizlik klubi” ish oʻrganuvchisi hamda “Girls in Research” loyihasida kvant hisoblashlarga asoslangan zamonaviy kompyuterlar boʻyicha ilmiy ish muallifi […]