Ixtisoslashtirilgan sport maktablarida o‘quv yili va dars mashg‘ulotlarining davomiyligi qanday bo‘ladi?

Ixtisoslashtirilgan sport maktablarida o‘quv yili va dars mashg‘ulotlarining davomiyligi qanday bo‘ladi?

Hukumatning 2025-yil 20-avgust kuni 524-son «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga ko’ra, sport maktablarida sport turlari bo’yicha 5-11-sinflarda ta’lim beriladi.

 

 

Bunda gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga talab va takliflardan kelib chiqib, 7-11 yoshdagi o’quvchi-sportchilarni 1-4-sinflarga o’qishga qabul qilishga ruxsat etiladi. Ta’lim jarayoni har birida o’quvchi-sportchilar soni 12 nafardan kam, biroq 24 nafardan ortiq bo’lmagan sinflarda tashkil etiladi.

 

 

Sport maktablarida o’quvchi-sportchilar o’quv yili davomida ikki marotaba (har ikki chorakda bir marta) attestatsiyadan o’tkaziladi. O’tkazilgan attestatsiya natijasiga muvofiq o’quvchi-sportchi o’qishni davom ettirishi (sinfdan-sinfga o’tkazish) yoki uni o’qishdan chetlashtirish to’g’risida sport maktabi direktorining buyrug’i qabul qilinadi.

 

 

O’quvchi-sportchilarni bosqichli nazorat hamda attestatsiyadan o’tkazish me’yorlari va baholash mezonlari Agentlik tomonidan belgilanadi. Bunda o’quvchi-sportchilarning fanlarni o’zlashtirishi, tegishli sport me’yorlarini topshirganligi, sport natijalari va tibbiy muvofiqlik holati, ichki tartib-qoidalarga amal qilishi, o’quvchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etishi, jamoatchilik ishlarida qatnashganligi nazarda tutiladi.

 

O’quv yili va dars mashg’ulotlarining davomiyligi

 

Ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga qabul qilinadi:

 

O’quv yilining davomiyligi sport mashg’ulotlari bilan birgalikda – 42 hafta;

 

O’quv haftasining davomiyligi – 5 kun (sport mashg’ulotlari bundan mustasno);

 

Dars mashg’ulotlari davomiyligi – 45 daqiqa;

 

Dars mashg’ulotlari oralig’idagi tanaffuslar davomiyligi – 5-10 daqiqa (o’quv kuni o’rtasidagi tanaffusning davomiyligi 15-60 daqiqa).

 

 

Shuningdek, bir sinfda o’quvchi-sportchilar soni 20 nafar va undan kam bo’lgan hollarda xorijiy tillarni 2 guruhga bo’lib o’qitishga yo’l qo’yilmaydi.