Qabul my.uzbm.uz saytida 28-avgustga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Bunda bakalavr kirish imtihonlarida qatnashgan abituriyentlar to‘plagan bali bo‘yicha tanlovda qatnashadi. Alohida qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Tibbiyot texnikumlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Biologiya + kimyo yoki kimyo + biologiya asosiy fan blokini tanlagan abituriyentlar — jami to‘plagan ballar bo‘yicha;
Asosiy fanlar blokida biologiya yoki kimyo bo‘lmagan abituriyentlar — majburiy fanlar (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha to‘plagan ballari asosida mutaxassisliklarni tanlashi mumkin.
Mandat bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
ESLATMA: tibbiyotdan boshqa texnikumlarga qabul my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 10-sentabrgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Saralash imtihonlari kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun yozma imtihon shaklida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
