Kasbiy sertifikatlash sinoviga uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan talabgorlarning to‘lovi qaytariladimi?

Kasbiy sertifikatlash sinoviga uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan talabgorlarning to‘lovi qaytariladimi?

Hukumatning 2024-yil 12-fevral 87-son qaroriga muvofiq, kasbiy sertifikat nazorat sinoviga kechikkan yoki uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan hamda nazorat sinovi qoidalarini buzganlik uchun jarayondan chetlatilgan taqdirda, to‘langan to‘lov qaytarilmaydi.

 

 

Talabgor nazorat sinovida uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa yoki ishtirok etmasa, nazorat sinovi o‘tkaziladigan sanadan boshlab 5 ish kuni davomida davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali Vazirlikka murojaat etishi lozim.

 

Bunda faqat Vazirlikning Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori talabgorga qaytariladi (to‘lov amaldagi elektron tizim orqali amalga oshirilganda, ko‘rsatilgan xizmat uchun undirilgan to‘lovdan tashqari).

 

 

Talabgorga xizmat ko‘rsatilishi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga kelib tushgan pul miqdori qaytarilmaydi.