Sun’iy intellekt maktabdan boshlanadi: Xitoyning yangi ta’lim siyosati

Sun’iy intellekt maktabdan boshlanadi: Xitoyning yangi ta’lim siyosati

“Kompyuter savodxonligi bolalardan boshlanishi kerak”, — degan edi Den Syaopin 1984 yilda. Bugun esa bu fikr Xitoyning ta’lim siyosatida yangicha mazmun kasb etmoqda. 

 

Sun’iy intellekt — ta’limning yangi poydevori

 

Xitoy hozirgi kunda sun’iy intellekt (AI)ni maktabdan boshlab ta’limning har bir bosqichiga integratsiya qilishni maqsad qilgan. Bu jarayon yuqoridan pastgacha tizimli tarzda olib borilmoqda:

 

—davlat darajasida strategik dizayn ishlab chiqilgan;

 

—mahalliy darajada joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda;

 

—o‘quv dasturlarini isloh qilish jarayoni boshlangan;

 

—fan olimpiadalari va tanlovlar orqali yoshlar rag‘batlantirilmoqda;

 

—texnik tayyorgarlik bilan bir qatorda axloqiy savodxonlik ham o‘rgatilmoqda.

 

Bu yondashuv Xitoyning ta’limda shoshilinch yangilik ortidan quvmasdan, balki “sekin pishirilgan” — uzoq muddatli va mustahkam ildiz otadigan strategiyani tanlaganini ko‘rsatadi.

 

Maqsad — yangi avlodning tafakkurini qayta qurish

 

Raqamli transformatsiya tezlashayotgan, ta’lim tizimlari global qayta tuzilayotgan bir davrda Xitoy , eng avvalo,  yosh avlodning kognitiv (tafakkuriy) salohiyati va muammo hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishni asosiy vazifa qilib qo‘ygan.

Bu esa Xitoyga xalqaro miqyosdagi iste’dodlar poygasida hal qiluvchi ustunlik berishi mumkin.

 

Xalqaro ta’sir

 

Bugun ko‘plab davlatlar AI ta’limini muhokama qilayotgan bir paytda, Xitoy bu yo‘lda jimgina, lekin izchil sur’atlarda oldinga chiqib olmoqda. Bu nafaqat kelajak iqtisodiyoti, balki geosiyosiy raqobatda ham muhim omil sifatida 

Xitoyning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ta’limdagi islohotlar shoshma-shosharlik bilan emas, balki puxta reja va bosqichma-bosqichlik bilan amalga oshirilganda samara beradi. Sun’iy intellektni o‘quv jarayoniga chuqur singdirish orqali mamlakat o‘z kelajagini mustahkam poydevorga qurmoqda.