O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlarimiz navbatdagi yirik yutuqqa erishdi. 1946 nafar yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘ib, Ginnes rekordini o‘rnatdi.

 

Mazkur voqea nafaqat O‘zbekiston nomini yana bir bor Ginnes rekordlar kitobi sahifalariga kiritdi, balki:

 

—yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini namoyish etdi;

 

—jamoaviy hamjihatlik va izlanuvchanlikning yorqin misoli bo‘ldi;

 

—mamlakatimizda texnologiya va innovatsiyaga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatdi.

 

Eslatib o’tamiz, bungacha bo’lgan rekord 1456 ta robot bilan Hindistonga tegishli edi.

 

Tadbir bayramona ruhda o‘tdi va bu rekord yoshlar uchun ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida yangi marralarni zabt etishga turtki bo‘lishi kutilmoqda.

Ushbu yutuq, ayniqsa, abituriyentlar, talabalar hamda texnologiyaga qiziqqan yoshlar uchun katta ilhom manbai bo‘ldi.