Imtiyozli kvota orqali talaba bo’lganlarning granti 4 yillikmi?

Imtiyozli kvota orqali talaba bo’lganlarning granti 4 yillikmi?

Yangi tartibga muvofiq, o’tgan o’quv yilidan boshlab, davlat granti talabalarga faqat bir yil uchun berilishi belgilandi. Unga ko’ra, agar talaba 1 yil o’qishi davomida yuqori reytinggini saqlab qola olmasa, keyingi yildan boshlab to’lov-kontrakt asosidagina o’qishini davom ettirishi mumkin bo’ladi.

 

Aksincha holda esa, to’lov-shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilgan talabalar grantning qayta taqsimotida ishtirok etishi va yuqori reyting ko’rsatkichga ega bo’lsa, davlat granti asosida o’qishini davom ettirishi mumkin bo’ladi.

 

Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar ham qayta grant taqsimotida ishtirok etadimi?

 

Qarorda belgilangan tartibga ko’ra, quyidagi talabalarga davlat granti 4 yil uchun ham beriladi va ular grant taqsimotida ishtirok etmaydi:

 

Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar. Bular:

 

a) yetim yoki chin yetim bo’lgan, mehribonlik uylarida tarbiyalangan talabalar;

b) nogironligi bo’lgan talabalar;

d) harbiy xizmatchilar hamda ularning farzandlari bo’lgan talabalar;

e) hududiy kvota egalari (masalan, Qoraqalpog’iston Respublikasidan bo’lgan talabalar).

 

Shuningdek, Prezident va vazirliklar tomonidan ajratilgan maxsus grant hamda Xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlarda g’olib bo’lganda beriladigan grantga sazovor bo’lgan talabalarning davlat granti o’qish yakuniga qadar amal qiladi.