Joriy yilda to‘lov-kontrakt summalari oshirilmaydi

Joriy yilda to‘lov-kontrakt summalari oshirilmaydi

Oliy ta’lim vazirligi mutaxassislari oliy ta’lim muassasalarida kontrakt narxlari oshirilmasligini ma’lum qilgan. Bu haqida Xushnudbek Xudoyberdiyev xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko’ra, tez orada talabalar uchun yangi o‘quv yiliga onlayn shartnoma olish boshlanadi, shartnomada o‘tgan yili tasdiqlangan summalar aks etadi.

 

Yuridik jihatdan bu qanday bo‘ladi?

 

O‘tgan yili to‘lov-kontraktlar miqdori haqidagi Davlat qabul komissiyasining qarori “2024-2025-o‘quv yilidan boshlab quyidagi miqdorlar tasdiqlansin” degan mazmunda chiqqan edi. Joriy yilda yangi miqdorlar tasdiqlanmaydi, demak, yuridik jihatdan o‘tgan yili tasdiqlangan miqdorlar amal qilishda davom etaveradi.

 

Qoidaga ko‘ra, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlar to‘lov-kontrakt miqdorlarini oshirish yoki eskicha qoldirish masalasini o‘zi hal qiladi. Ammo katta ehtimol bilan ularda ham oshmasa kerak (agar 1-2 tasi istisno bo‘lmasa, albatta).