Oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylarda yangi o‘quv yili qachondan boshlanadi?

Oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylarda yangi o‘quv yili qachondan boshlanadi?

Har yili Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari ma’lum qilinadi. O’tgan o’quv yili o‘quv jarayonlari 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlangan edi. Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi.

 

Hozircha 2025-2026-o’quv yili uchun darslar boshalanadigan sanalar e’lon qilinmadi.

 

Bundan tashqari boshqa professional ta’lim muassasalarida darslar o’tgan yili quyidagi sanalardan boshlangan edi:

 

Akademik litseylarda – 4-sentyabr;

Kasb-hunar maktablarida – 4-sentyabr;

Kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari uchun – 4-sentyabr.