Navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari joriy yilning 19-21-avgust kunlari oʻtkaziladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan ayrim pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etib kelinmoqda.
Sinov jarayonlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi:
Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi.
56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.
