Bugun “perevod” uchun ariza topshirishning oxirgi kuni

Bugun “perevod” uchun ariza topshirishning oxirgi kuni

Xorijdan, shuningdek, O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat oliygohlardan o‘qishini davlat oliygohiga ko‘chirishni xohlagan talabgorlar bugun,  5-avgust kuni, soat 23:59 gacha ariza yuborishlari kerak.

 

Bunda arizalar quyidagi sahifalar orqali qabul qilinmoqda:

 

1.  my.uzbmb.uz sahifasi orqali:

 

 

–  xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan bo’lsa ham);

 

–  O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;

 

–  xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan.

 

 

2. transfer.edu.uz sayti orqali esa O‘zbekistondagi bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bitta oliygoh ichida o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.

 

 

my.uzbmb.uz sayti orqali ariza yuborganlar testga kirishi kerak. Shu sababli ular test uchun to‘lov qilishlari ham lozim. To‘lov qilmaganlar testga kiritilmaydi.

 

 

Arizangiz hali ham “ko‘rib chiqilmoqda” maqomida turgan bo‘lsa, bundan xavotir olmang, demak, hujjatlaringiz o‘rganib chiqilmoqda. Agar mabodo arizangiz rad etilsa, qayta tahrirlash va xatoni to‘g‘rilash uchun qo‘shimcha vaqt beriladi.