Tuman hokimi maktab yerini sotishni taklif qildi - Ta’lim xabarlari
Tuman hokimi maktab yerini sotishni taklif qildi

Poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litsey negizida qaytadan maktab tashkil etish taklif qilinmoqda.

 

“Gazeta.uz” ning xabar berishicha, Bu taklifni Bahodir Abduvaliyev shahar hokimi Shavkat Umurzoqov bilan uchrashuvda bildirgan.

 

Uning soʻzlariga koʻra, mahallaga avvallari shu hududda boʻlgan maktab zarur. 2007-yilda 960 oʻrinli maktab binosi Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litseyga berilgan boʻlsa-da, u atigi 30 foiz quvvat bilan ishlamoqda. Binoning bir qismi musiqa maktabiga aylangan.

 

 

Tuman hokimining maʼlum qilishicha, litsey hududidagi 27,5 sotixli uchta boʻsh yer uchastkasini (1 sotix uchun 65 ming dollar) auksion orqali sotish yoʻli bilan 22,5 mlrd soʻm jalb qilish kutilmoqda. Savdodan tushgan mablagʻni mahallani obodonlashtirish, maktabni taʼmirlashga yoʻnaltirish rejalashtirilgan.

 

Taʼkidlash lozim, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.09.2018-yildagi PQ-3931-son qaroriga muvofiq, umumtaʼlim va maktabdan tashqari muassasalarning yer uchastkalari va koʻchmas mulkini Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan boshqa tartiblar bundan mustasno.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры