Joriy yilning 1-avgustidan boshlab avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi.
Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabri oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin.
Murojaatlarni:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz – platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi:
– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali
– davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.
Pedagogik faoliyati uch yildan kam bo‘lgan kadrlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi. Shuningdek, stajyor-o‘qituvchi ishga qabul qilingandan boshlab bir yil ichida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.
Eslatib oʻtamiz: joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari ayni vaqtda Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun hamda “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqich saralash sinovi ham hisoblanadi. Shuningdek, mazkur attestatsiyada 86 va undan yuqori ball toʻplab olingan yoki saqlab qolingan oliy hamda birinchi malaka toifalari uchun keyingi ikki yil davomida 70% ustama toʻlab berish amaliyoti ham davom ettiriladi.
P.S. Avgust-sentyabr oylarida murojaatlar qabul qilinadi;
Oktyabr-Noyabr oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi;
Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.
