Ayrim telegram kanallari yoki guruhlarida 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan Pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar tarqatilmoqda.
Vazirlik mutasaddilarning ma’lum qilishicha, bu sanalar hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Yangi tartibga koʻra attestatsiya toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar, shu jumladan test sinovlarining oʻtkazilish muddatlari pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS xabar yuborish orqali maʼlum qilinadi.