Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirishda kimlar imtiyozga ega?

Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirishda kimlar imtiyozga ega?

Maktabgacha ta’lim muassasalariga farzandini joylashtirishda ayrim toifadagi oilalar uchun imtiyozlar belgilangan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Gulbahor Parpiyeva keng jamoatchilikka tushuntirish berdi.

 

 

 Quyidagi holatlarda bolalar imtiyoz asosida navbatga qo‘yiladi:

 

1. Ota-onasi birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan farzandlar.

 

2. Ko‘p bolali oilalar (Oila kodeksining 41-moddasiga ko‘ra 4 va undan ortiq farzandli oila).

 

3. Harbiy xizmatchilar yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari.

 

4. Yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bolalar.

 

5. “Ayollar daftari”ga kiritilgan, boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari.

 

6. Zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragan ayollarning farzandlari (yangi tartib asosida).

 

7. Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan kam ta’minlangan oilalar farzandlari.

 

 

 

Bu toifadagi bolalar istalgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyoz asosida navbatga qo‘yilishi mumkin.

 

 

2 yoshli bolalarni bog‘chaga berish mumkinmi? 

 

 

 

Ha, mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 87-sonli farmoniga asosan, zarur sharoitlar mavjud bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pullik xizmat asosida 2 yoshli bolalar uchun guruhlar tashkil etilishi belgilangan. Ayni paytda Toshkent shahrida shunday 6 ta maktabgacha ta’lim muassasasida 8 ta maxsus guruh faoliyat yuritmoqda.