Maktab oʻquvchilari fiziologiya holati asosida sport turlariga yoʻnaltiriladi

Maktab oʻquvchilari fiziologiya holati asosida sport turlariga yoʻnaltiriladi

“Oʻquvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yoʻnaltirish hamda sportni ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (447-son, 17.07.2025-y.) qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarni tibbiy koʻriklardan oʻtkazishda ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga boʻlgan qobiliyatini aniqlash va sportga yoʻnaltirish boʻyicha elektron tizim yoʻlga qoʻyiladi.

 

2025-2026 oʻquv yilidan har yili 1-marta maktab hamshiralari uchun oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlarini aniqlash boʻyicha oʻquv-seminarlar tashkil etiladi.

 

Shuningdek, oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish orqali ularning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlari shakllantirilib, “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga kiritiladi.

 

“ERP-maktab” axborot tizimida oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlari asosida ularning sport turiga boʻlgan qiziqishlari aniqlanadi va tizimda qayd etiladi.