Angliyada ota onalar maktablarda smartfonlardan foydalanishni qonuniy taqiqlashni qo‘llab quvvatlamoqda. Bu borada hukumatga qarshi sudga murojaat qilish niyatida ekanliklarini bildirishgan.
Ta’lim vazirligi maktablarda telefonlarni cheklash imkoniyati borligini va zararli kontentdan himoya qilish uchun Online Safety Act qonuni joriy etilayotganini ma’lum qilgan.
2025-yil aprel oyida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, Angliyadagi maktablarning 90%ida o‘quvchilar uchun smartfonlardan foydalanish taqiqlangan. Qolgan maktablarda esa telefonlarni olib yurishga ruxsat berilgan, ammo undan foydalanish yoki ko‘rsatish man etilgan.
Ota-onalar smartfonlardan foydalanish xavfli ekanligi uchun maktablarda smartfonlarni butunlay cheklash kerakligini ta’kidlagan.
Shuningdek, ular mobil qurilmalar orqali bolalar zo‘ravonlikga, turli mazmundagi zararli kontentga duch kelayotganligini aytgan. Buning natijasida kiberzo‘ravonlik ko‘paymoqda deya ogohlantirgan.
Ta’lim vazirligi maktablarda bolalarning bir-birini kamsitishi, zo‘ravonlik qilish va nomaqbul suratlarni tarqatish holatlari mavjudligini tan olgan.
Hozirda maktablarda telefonlarni taqiqlash huquqi mavjudligini va boshqaruvchilarga foydalanishni cheklash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilayotganini bildirgan. Shuningdek, onlayn xavfsizlikni yaxshilash maqsadida yangi qonunlar joriy etilishini ta’kidlagan.
