AQSh Michigan universitetining xorijiy moliyalashtirilishini tekshirmoqda

AQSh Michigan universitetining xorijiy moliyalashtirilishini tekshirmoqda

AQSh Ta’lim departamenti Michigan universiteti xorijiy mablag‘lar bo‘yicha noto‘g‘ri va to‘liq bo‘lmagan hisobot taqdim etganini aniqlab, rasmiy tergov boshlab yuborgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, tergov doirasida departament universitetdan 30 kun ichida xorijiy moliyalashtirishga oid soliq hujjatlari, xorijiy manbalardan olingan sovg‘alar, grantlar va shartnomalar ro‘yxatini taqdim etishni so‘ragan.

 

 

Michigan universiteti bayonotida qonunlarga rioya qilish mas’uliyatini jiddiy qabul qilishi va tergovda to‘liq hamkorlik qilishini bildirgan.

 

 

Ta’lim departamenti, shuningdek, universitet laboratoriyalari zaif, tashqi kuchlardan himoyalanmaganligi ta’kidlagan. Bu bayonot AQSh Adliya departamenti tomonidan ikki nafar Xitoy fuqarosiga qarshi ilgari surilgan ayblovlarga asoslangan. Ular 2024-yil iyul oyida Michigan universitetining laboratoriyasida tadqiqot o‘tkazish uchun AQShga xavfli biologik moddani noqonuniy olib kirishda gumon qilingan edi.

 

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Michigan universiteti 2020-yildan buyon $375 million xorijiy mablag‘ olgan, shundan $86 millioni belgilangan muddatda rasmiylashtirilmagan. AQSh qonunlariga ko‘ra, universitetlar bir yilda $250,000 dan ortiq xorijiy mablag‘ olgan taqdirda, bu haqida hukumatga xabar berishi shart hisoblanadi.

 

 

Shunga o‘xshash xorijiy moliyalashtirish bo‘yicha tekshiruvlar ilgari Garvard, Pensilvaniya va Kaliforniya (Berkeley) universitetlarida ham boshlangan edi.