Manzil: 8, 2 Bunyodkor Avenue, Tashkent 100043, Узбекистан
Telefon: +99895505330
Litsenziya raqami: №056003
Manzil: 8, 2 Bunyodkor Avenue, Tashkent 100043, Узбекистан
Telefon: +99895505330
Litsenziya raqami: №056003
1-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov rahbarligida oliy ta’lim muassasalarida talabalarini turar joy bilan ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi . Unda yangi o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish, o‘quv yilining dastlabki kunlarida talabalarni turar joy bilan tezkor ta’minlash masalalari muhokama qilinib, bunda yuzaga keladigan jiddiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich va Kenjayev Dilshod Mutalibovich egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova Talimxabarlari.uz ga ma’lum qildi. Ma’lumot uchun Uzoqboy Begimqulov hamda Dilshod Kenjayev 2023-yilning 31-yanvarida vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
2025-yildan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi. Bu haqida “Taʼlim xabarlari” muxbiriga A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan press-turda institut axborot xizmati ma’lum qildi. Bunda Prezident maktablarida toʻplangan ilgʻor tajribalarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi orqali umumiy oʻrta […]
Universitet axborotida kontrakt narxlarining oshirilish sabablari ochiqlanmagan.
O‘zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog‘liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Mazkur qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi taʼlimda o‘qish ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan faoliyat turi sanaladi. Ya’ni, talabaning magistraturada ta’lim olgan 2 yillik o‘qish davri mehnat staji hisoblanadi. Shuningdek, magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagan […]
Lekin vazirlik sertifikat ololmaydigan o‘qituvchilarga qanday chora ko’rilishi haqida halicha ma’lumot bermadi.
Toshkent shahrida joylashgan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va ularning rasmniy saytlarini bir yerga jamladik. Siz ushbu sahifa orqali ta’lim muassasalarining statistikalari va muhim ma’lumotlari bilan tanishishingiz mumkin. № Oliy ta’lim muassasi nomi Mulkchilik shakli Veb sayt Statistika 1 Alfraganus University Nodavlat alfraganusuniversity.uz student.alfraganusuniversity.uz 2 British management university Nodavlat bmu-edu.uz 3 CENTRAL ASIAN UNIVERSITY Nodavlat […]
Oʻquvchilarning ota-onalariga Maʼmuriy Kodeksning 47-moddasiga asosan jarima qoʻllanilib, sinf rahbariga nisbatan intizomiy chora koʻrilgan.
Prezident Farmoniga koʻra, Ramozon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam olish kuni belgilangan. Bular: 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni; 11-aprel, payshanba — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni; 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni; 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI; 14-aprel, […]
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, oʻqituvchilarning oyligi qachon tushishi haqida vazirlikning mas’ul xodimlaridan javob olgan. Ma’lumotlarga koʻra, barcha texnik nosozliklar o‘z yechimini topgan va o‘qituvchilarga oylik ish haqini tushirish (nachisleniye) jarayoni boshlangan. “Ayni daqiqalarda moliya masalalariga mas’ul barcha xodimlar ishda va maksimal darajada barcha hududlardagi xodimlarga oylik ish haqini ulgurishsa ertalab tonggacha, yoki uzog‘i […]
Bu haqida ma’lumotlar sizdirilmoqda. Hozircha Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi biror aniq ma’lumot bermadi. 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi. Talabgorlar diplom balli va chet tili sertifikatlari asosida qat’iy saralanadi. Avval diplom balli, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqiladi. Amaldagi qonunchilikka binoan: Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga […]
Fuqarolik kodeksining 703-moddasiga binoan haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha ijrochi buyurtmachining topshirig‘i bilan ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi. Qoidaning mazmuniga ko‘ra talaba buyurtmachi sifatida universitet bilan ta’lim berish to‘g‘risida shartnoma tuzgan hisoblanadi. Mazkur kodeks 707-moddasida […]
Yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida, O‘zbekiston umumta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun qizil shahodatnoma hamda oltin va kumush medallar topshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu mukofotlar ta’limdagi yuksak natijalari va namunali xulq-atvori bilan ajralib turgan bitiruvchilarga tantanali ravishda taqdim etiladi. 9-sinf bitiruvchilari uchun qizil shahodatnoma berish shartlari: 7-sinfda musiqa va tasviriy san’at fanlaridan, 8-9-sinflarda […]
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2024/2025-oʻquv yilida 9-11-sinflar oʻrtasida oʻtkazilayotgan umumtaʼlim fanlari boʻyicha asosiy olimpiadaning tuman bosqichida foydalanilgan huquq fani boʻyicha savollarni quyida yuklab olishingiz mumkin. Huquq: 9-sinflar uchun 10-sinflar uchun 11-sinflar uchun
Bundan tashqari 48 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.
17 yoshli qiz bir vaqtning o‘zida Google kompaniyasining Google Community’si Google Developers Tashkent jamoasi a’zosi bo‘lib, o‘zi kabi boshqa qizlarning ITga kirib kelishiga yordam bermoqda
Respublika ta’lim markazi kimyo (kimyo-texnologiya, tabiiy fanlar) yo’nalishidan 7–11-sinflar variativ 2-chorak uchun mavzu rejalarni e’lon qildi. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin: Kimyo(kimyo-texnologiya) yo’nalishidan taqvim-mavzu rejalar 7-sinflar uchun yillik ish reja – Yuklab olish 8-sinflar uchun yillik ish reja – Yuklab olish 9-sinflar uchun yillik ish reja – Yuklab olish […]
Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi Jamshidbek Odilov Keyingi yilgi qabuldan OTMga hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, Hozirgi tizim bo‘yicha abituriyentlar dastlab 1 oy muddat davomida OTMlarga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishadi. Bunda ular 5 ta ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakllarini tanlaydi. Lekin abituriyent […]
Nima sababdan magistratura bosqichida o‘qishni ko‘chirish mumkin emas? Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 232-bandiga muvofiq xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmasligi belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi […]
Toshkent shahri, Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumtaʼlim maktabi 10-sinf oʻquvchisi Rustam Neʼmatov IELTS xalqaro imtihonidan 8 ballik sertifikatga ega boʻldi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Oʻqib tushunish (Reading) – 8.5 Tinglab tushunish (Listening) – 9 Gapirish (Speaking) – 7.5 Yozish (Writing) – 6.5 Bundan avval, […]