AQSh hukumati Garvard universitetiga qarshi bosimni kuchaytirmoqda

AQSh hukumati Garvard universitetiga qarshi bosimni kuchaytirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp rahbarligidagi ma’muriyat Garvard universitetiga qarshi bosimni kuchaytirib, uning akkreditatsiyasini bekor qilishni talab qildi va xorijlik talabalar bilan bog‘liq intizomiy hujjatlarni taqdim etishni so‘ragan.

 

 

Bu holat AQSh hukumati va Garvard o‘rtasidagi ziddiyatlarning navbatdagi bosqichi hisoblanadi.

 

 

Shuningdek, Garvardning $2,5 milliardlik grant mablag‘lari muzlatilganligi sababli mablag‘larni qayta ochish uchun sudga murojaat qilgan.

 

 

AQSh Ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi Garvardni federal teng huquqlilik qonunini buzganlikda ayblab, uning akkreditatsiyasini ko‘rib chiqishni so‘ragan.

 

 

Garvardning xalqaro talabalarni qabul qilish huquqi ham xavf ostida qolmoqda. Hozirda bu universitetda 6 800 ga yaqin xalqaro talaba tahsil olmoqda (umumiy talabalar sonining 27%).