Manzil: Namangan shahar, K.Otamirzayev ko’chasi. 1
Telefon: +998555105015
Litsenziya raqami: № 047559
Manzil: Namangan shahar, K.Otamirzayev ko’chasi. 1
Telefon: +998555105015
Litsenziya raqami: № 047559
Prezident qaroriga ko‘ra, joriy yildan boshlab talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasi yoki ratsionalizatorlik ishlari diplom ishi hamda magistrlik dissertasiyasi sifatida himoya qilinadi. Shuningdek qarorda, oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etilishi belgilangan.
Poytaxt hokimining o‘rinbosari Durdona Rahimova olib borgan yig‘ilishda talabalarni turar joy bilan ta’minlash markazlarini tashkil etish muhokama qilingan. Shu jumladan, Toshkent shahri bo‘yicha 29 ta davlat oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha 60 ta markaz (shtab) tashkil etilishi rejalashtirilgan. Markazlarda 200 nafardan ortiq ko‘ngilli lider yoshlardan iborat volontyor […]
O‘qituvchi yetarli asoslar bo‘lganda moddiy yordam olishga haqli bo‘ladi. Moddiy yordam va mukofot pulining bir biriga aloqasi yo‘q. Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha: –xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda; –og‘ir kasallikka chalinganda; […]
10-iyundan 9-sinf bitiruvchilaridan 2024-2025 o‘quv yili uchun akademik listeylar uchun hujjatlarni qabul qilish boshlangani haqida xabar bergan edik. Jarayonlar ertaga 10-iyul kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi. Hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi. Abituriyentlardan ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda […]
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev va “German Industry and Commerce” MCHJ rahbari Otabek Alimjonov “Skills Expert Program” loyihasini yoʻlga qoʻyish boʻyicha bitim imzolashdi. Loyihadan koʻzlangan maqsad professional taʼlim muassasalarida Oʻzbekistondagi Germaniya korxonalari va mahalliy korxonalar uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iborat. Mazkur loyiha Germaniyaning Iqtisodiyot va iqlim muhofazasi […]
Endilikda o‘quvchilar va ota-onalar eMaktab (Kundalik.uz) platformasiga telegram ilovasi orqali foydalanishlari mumkin.
Jarayonlar davlat xizmati markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumtaʻlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi qayd etilgan. Bunda, mukofot puli miqdorini hisoblashda oʻqituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga […]
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2024” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi. Ushbu tanlovda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ikki yillik amaliy ish tajribasiga ega metodistlari va tarbiyachilari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovning tuman (shahar) saralash bosqichi 24-28-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Yuqori natijalarni qayd qilgan ishtirokchilar keying bosqichga o‘tadi. Tanlovning Respublika final bosqichi esa […]
2024/2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi joriy etiladi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi hamda soha vakillari bilan taʼlimda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan muloqot oʻtkazadi. Shuningdek, davlatimiz rahbari yangidan tashkil etilgan Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishadi.
Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.
2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi. Talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida qat’iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqiladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2024-2025 yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlarning o‘qish javoblari joriy yil 20-avgustga qadar e’lon qilinadi.
O’qituvchilarga beriladigan qanday ustamalar bor? Ular necha foiz miqdorda beriladi? Pedagog xodimlarga beriladigan bir qancha ustama turlari bor. Biz ularning bir qanchasini ushbu maqolada jamladik. Direktor jamg‘armasi hisobidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlariga beriladigan ustamalar Mazkur ustamalar pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 10 foizdan – 40 […]
Yakuniy attestatsiyada olgan bahosidan eʼtirozi boʻlgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiya baholari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch kun muddat ichida tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimlari qoshida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20 – dekabrdagi 565-sonli buyrug‘iga 37-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlariga asosan o‘qituvchining lavozim majburiyatlari ichida o‘quvchilarni davomat qilish qilish va shu kunning o‘zida sinf jurnaliga kiritish majburiyati belgilangan. Biroq bu majburiyat ichida o‘quvchilarni sinfda bo‘lishini ta’minlash degan majburiyat […]
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi 25-q/q, 5-хх-son “Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar, taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar, xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) roʻyxati hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini […]
Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 1-apreldagi PQ-1315-sonli qarorining 1-bandiga muvofiq, qishloq joylaridagi umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida hamda sport maktablarida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va murabbiylarga har oyda tarif stavkalarining 15 foizi miqdorida ustama haq beriladi. Qishloq hududidagi maktablarda ishlovchilar har oyda 15 foiz ustama olishadi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni qoʻllab-quvvatlashning tubdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi farmon loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Unga koʻra, 2025-yildan boshlab oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul talabgorlarning ilmiy faoliyat natijalari boʻyicha Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimida toʻplangan tegishli […]