Manzil: Toshkent tuman,toshkent xalqa yo’li ko’chasi
Telefon: +998951502222
Litsenziya raqami: №055982
Manzil: Toshkent tuman,toshkent xalqa yo’li ko’chasi
Telefon: +998951502222
Litsenziya raqami: №055982
1-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov rahbarligida oliy ta’lim muassasalarida talabalarini turar joy bilan ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi . Unda yangi o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish, o‘quv yilining dastlabki kunlarida talabalarni turar joy bilan tezkor ta’minlash masalalari muhokama qilinib, bunda yuzaga keladigan jiddiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf […]
Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi. Eslatib o‘tamiz, oldinroq super-kontrakt narxlari va shartnoma olish haqida ma’lumot bergandik.
Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetganligi haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi. Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin. Shuningdek, quyidagi […]
Sogʼliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʼi bilan: tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallari; Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi; respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari; ilmiy-tadqiqot institutlarida 2024-2025-oʼquv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabul qilish boshlandi. Hujjatga koʼra, 2024-2025-oʼquv yili qabulida hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida roʼyxatdan oʼtish jarayoni bevosita va onlayn tarzda – […]
Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.
9-avgust kuni Bilimni baholash agentligining rasmiy telegram kanalida agentlik mutaxassislari va abituriyentlar bilan onlayn ovozli suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida agentlik mutaxasislari tomonidan o‘qishni ko‘chirish uchun test sinovlari 19-21-avgust kunlarida o’tkazlishi rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi. Imtihon sanasi aniq bo‘lganda, agentlikning rasmiy sahifalarida xabar qilinadi. Shuningdek, imtihon bo‘lib o‘tadigan manzil, ruxsatnoma talabgorlarning shaxsiy kabinetlariga imtihondan […]
2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bаzаviу tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtirildi. Mazkur bazaviy tarif stavkasi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarning 3-4-kurslarida oʻqiyotgan shaxslar tomonidan bajarilgan ishlaг uchun haq toʻlashda qoʻllaniladi.
Yangi o‘quv yilida 719 366 nafar maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. “Ta’minot va logistika xizmati” korxonasi tomonidan 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar uchun beriladigan 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” 10-avgustga qadar hududlarga, 20-avgustga qadar esa qabul qilingan o‘quvchilar soniga mos ravishda barcha maktablarga to‘liq yetkaziladi.
Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 19–20-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkazildi. Bilimni baholash agentligining ma’lum qilishicha, test sinovlarida 40 897 nafar talabgor ishtirok etgan. Shulardan 2 902 nafar talabgor qatnashmagan bo‘lsa, 83 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan chetlashtirilgan. Shuningdek, 20-avgust […]
Prezidentning farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshirilishi belgilangan edi. Oshirilgan maoshlar boʻyicha hisoblanganda, umumtaʼlim maktabi pedagog va boshqa xodimlari […]
Holat Andijon shahridagi 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgani aytilmoqda.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2024-yil 9-sinf bitiruvchilari 100 dan ortiq kasblardan birini egallashlari uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Huquqbuzar Sh. M. qabul qilish muassasasi foydasiga ma’muriy qamoqning har bir kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi, ya’ni 51 ming so‘mdan 3 sutka uchun jami 153 ming so‘m qamoq xarajatlari undirilishi belgilandi.
Oʻtgan yili 2024-yil investitsiya dasturida maktablar qurilishiga 3 trillion soʻm ajratilishi va 150 ming oʻquvchi oʻrni yaratilishi aytilgan edi. Bu rejalar oʻquv yili boshlanguncha qanchalik darajada amalga oshadi, hozircha masʼullar hisobot taqdim etishmagan.
21-22-may kunlari pedagoglar attestatsiyasi o‘tkazilgan manzillarda tashkil etiladi.
Ayni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan anʼanaviy III “Ustozlar Milliy forumi” boʻlib oʻtmoqda. Har yili yangi oʻquv yili oldidan ilgʻor metodikalar va sohadagi yangiliklarni oʻqituvchilarga yetkazish maqsadida oʻtkaziladigan tadbirda umumtaʼlim fanlari, maktabgacha taʼlim, maʼnaviyat kabi yoʻnalishlarda mahorat darslari oʻtkazilmoqda. Forumda trener sifatida ishtirok etayotgan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boʻlim boshligʻi […]
“Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-98-son, 02.07.2024) qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim agentligi (Agentlik) faoliyati tugatildi hamda Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklatildi, jumladan: – ilg‘or xorijiy tajribani […]
Buni qarangki, o’qituvchilar turli mamlakatlarning pul belgilarida keng aks ettirilgan ekan.
Joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent test sinovlariga kirgan. 65 ming 243 nafar abituriyent testga kelmagan, 94 nafar abituriyent esa testdan chetlashtirilgan. Testga kirgan abituriyentlarning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha: Samarqand — 87 570 Qashqadaryo — 84 874 Fargʻona — 73 146 Andijon — 59 951 Surxondaryo — 57 199 Toshkent viloyati — 56 […]
Ta’til muddatlari Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda qabul qilingan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan belgilanadi. Mazkur qarorga ko‘ra: Kuzgi ta’til maktab o‘quvchilari uchun 6 kalendar kun davom etib, 10-noyabrda yakunlanadi. Ikkinchi chorak esa 11-noyabr, dushanba kunidan boshlanadi va 27-dekabrga qadar davom etadi. Qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanib, 14 kalendar kunni tashkil etadi.