2024-yil 1-martga qadar umumta’lim fanlari bo‘yicha berilgan milliy sertifikatlar uchun mazkur sertifikat olingan paytda qo‘llanilgan tartibda imtiyoz tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yildagi 572-son qarorining 45-bandiga koʻra, pedagoglar attestatsiyada uzrli sabab bilan kelmasa ularning attestatsiyasi boshqa kunga koʻchiriladi. “Pedagog kadrlar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan […]
Holat yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Mazkur savolga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan javob berildi.
Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi! Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi telegram tarmog’ida xabar qildi. Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi. Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) o‘tkaziladi. Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish […]
Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari tasdiqlandi. Mazkur qoidalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tatbiq etiladi, nodavlat va boshqa turdagi oʻquv muassasalari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega. Shuningdek, ularga rioya qilish taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun taʼlim muassasalari […]
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qilishicha Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 10-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan lisenziya talab va shartlariga amal kilmaganligi uchun “Digital university” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 13-sentabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 038673-sonli litsenziya bekor qilingan. Ushbu universistetda quyidagi yo’nalishlar bo’lgan: – Raqamli Biznes Boshqaruvi […]
Ma’lumki, joriy yilning 29-oktyabridan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘tkazilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, agar pedagog malaka sinovlarining biror bosqichida uzrli sabablar bilan (masalan, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, musobaqalarda ishtirok etganligi, […]
Maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra: – informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktabr kuni (1 kun); – matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktabr kunlari (2 kun); – boshlangʻich taʻlim fanidan — 1-2, 4-noyabr kunlari (3 kun); […]
Oʻquvchilar oʻz vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars oʻtmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq toʻlanmaydi. Sinf rahbari “bir kunlik jurnal” da fanlar ostidagi “PR” ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qoʻyib boradi: s — hech […]
Holat Andijon shahridagi 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgani aytilmoqda.
O’qishdan chetlatilgan talabalar o’qishini qayta tiklash muddati quyidagicha belgilangan: 5 yilgacha — rektor buyrug’i bilan; 5 yildan 10 yilgacha — tegishli vazirlik yoki idora qarori asosida; 10 yildan ortiq — idoralararo komissiya qarori bilan. Ushbu tartib 2017 yil 20 iyundagi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga asoslanadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari
va o‘qitish tillari bo‘yicha tasdiqlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi axborot xizmatidan ma’lumot oldik. “Paxta yig‘im-terimiga jalb qilish bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagan, agarda qaysidir hududda mahalliy hokimliklar tomonidan ta’lim tizimi xodimlari bunga majburlanayotgan bo‘lsa, bu haqida Bosh prokuratura yoki Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining majburiy mehnat bo‘yicha alohida ishonch telefonlariga murojaat qilish lozim” […]
Ta’lim kreditiga oid barcha savollarga quyida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Kredit miqdori qancha? 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). […]
Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetganligi haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi. Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin. Shuningdek, quyidagi […]
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining qator Kodeks hamda Qonunlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni 43-moddasiga kiritilayotgan oʻzgartirish […]
Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan ayblov e’lon qilingan. Yigitlar ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Turkiya Milliy ta’lim vazirligi tarix darsliklarida sezilarli o‘zgarishlar kiritilishini e’lon qilgan. Yangi o‘quv dasturida “Markaziy Osiyo” atamasi o‘rniga “Turkiston” atamasi qo‘llaniladi. Mutaxassislar bu yangilik yosh avlodda turk milliy ongini va vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilganini ta’kidlagan. Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on turk davrini davom ettirish va Turkiyaning dunyo hamjamiyatidagi rolini mustahkamlash niyatida ekanini ma’lum qildi. U […]