«Univertur» dasturining navbatdagi sonida Toshkent shahrida joylashgan International School of Finance Technology and Science (Moliyaviy Texnologiyalar va Fanlar Xalqaro Instituti) faoliyatiga bag‘ishlangan ko’rsatuvi efirga uzatildi.
Ko‘rsatuv davomida ISFT instituti haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
— qariyb 10 yillik tarixga ega Toshkent va Samarqanddagi filiallari mavjud nufuzli institut afzalliklari;
— xalqaro akkreditatsiyaga ega ushbu nufuzli oliygohda grant asosida o‘qish imkoniyati;
— davlat namunasidagi diplom, xalqaro sertifikatlar va ishga joylashishga yordam;
— talabalar uchun yaratilgan sharoitlar;
— hamkor korxonalarda amaliyot o’tash imkoniyati.
