Ertaga, 20-iyun kuni 1-sinfga hujjatlarni qabul qilish boshlanadi

Ertaga, 20-iyun kuni 1-sinfga hujjatlarni qabul qilish boshlanadi

2025-2026-o‘quv yilida davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul bo‘yicha davlat xizmati joriy etiladigan tuman (shahar)lar ro‘yxati e’lon qilingan edi.

 

 

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

 

 

1-bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida,

 

2-bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqarida.

 

 

1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtib, ariza topshirishlari mumkin.

 

 

Davlat xizmatlari koʻrsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.

 

 

Eslatma: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga toʻladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tugʻilgan bolalar qabul qilinadi.

 

 

Call-markaz: 71-203-07-04, 71-203-04-03