Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 2025/2026-o‘quv yilida yangi tashkil etilayotgan maktablar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining Matbuot kotibi Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.
Unga ko’ra, Ixtisoslashtirilgan maktablar quyidagi hududlarda aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida tashkil etilmoqda:
Andijon viloyatida – Buloqboshi, Jalaquduq, Paxtaobod tumanlari;
Fargʻona viloyatida – Fargʻona, Quvasoy shaharlari;
Qashqadaryo viloyatida – Gʻuzor tumani;
Samarqand viloyatida – Bulungʻur tumani;
Toshkent viloyatida – Yuqori Chirchiq tumani;
Xorazm viloyatida – Gurlan, Urganch, Bogʻot tumanlari.
Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Batafsil: https://portal.piima.uz/page/newschools
Aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida hududlarda tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar to‘g‘risida
MA’LUMOT
Andijon viloyati bo‘yicha |
||
|---|---|---|
| Maktab nomi | Aniq fanlar | Tabiiy fanlar |
| Buloqboshi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi | 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga | 7-,8-, 9- sinflariga |
| Jalaquduq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi | 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga | – |
| Paxtaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi | 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga | – |
Fargʻona viloyati bo‘yicha |
||
| Maktab nomi | Aniq fanlar | Tabiiy fanlar |
| Fargʻona shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi | – | 7-,8-, 9- sinflariga |
| Quvasoy shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi | 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga | – |
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha |
||
| Maktab nomi | Aniq fanlar | Tabiiy fanlar |
| Gʻuzor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi | 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga | – |
Samarqand viloyati bo‘yicha |
||
| Maktab nomi | Aniq fanlar | Tabiiy fanlar |
| Bulungʻur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi | 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga | – |
Toshkent viloyati bo‘yicha |
||
| Maktab nomi | Aniq fanlar | Tabiiy fanlar |
| Yuqori Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi | 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga | – |
Xorazm viloyati bo‘yicha |
||
| Maktab nomi | Aniq fanlar | Tabiiy fanlar |
| Gurlan tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati | 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga | 7-,8-, 9- sinflariga |
| Urganch tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati | 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga | 7-,8-, 9- sinflariga |
| Bogʻot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati | 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga | 7-,8-, 9- sinflariga |
