O‘zbekiston davlat sport akademiyasiga rektor tayinlandi

O‘zbekiston davlat sport akademiyasiga rektor tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor Tursunaliyev Ilhomjon Axmedovich O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi. 

 

 

Bunga qadar, Ilhomjon Tursunaliyev 2006-2015-yillarda Farg‘ona Olimpiya zaxiralari kolleji direktori, 2015-yildan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.