Qashqadaryo viloyatida Damas avtomobilida 17 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi.
Ma‘lum qilinishicha, Chiroqchi tumanida YPX xodimi tomonidan Damas rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, transport vositasida jami 17 nafar voyaga yetmagan bolalar va fuqarolarni olib ketilayotgani aniqlangan.
“Bolalarni uyga olib borib qo‘ying, iltimos deyishgani uchun olib ketgandim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Hurmatli yurtdoshlar, ehtiyot bo‘linglar. Yo‘l harakati qoidalariga rioya eting”, deydi haydovchi.
Qoidalarga ko‘ra, 12 yoshga to‘lmagan bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida tashish taqiqlanadi. Shuningdek, tashilayotgan yo‘lovchilar soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lmasligi kerak.
