Andijon shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Madinaxon Odilova xalqaro SAT imtihonidan 1560 ballni qoʻlga kiritdi.
SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi.
Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan boʻlib, dunyoning nufuzli universitetlariga oʻqishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
