Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Umidjon Zafarov xalqaro SAT imtihonidan 1530 ballni qoʻlga kiritdi.
Ma’lumot uchun, SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi. Ushbu sertifikat xalqaro miqyosda tan olingan boʻlib, dunyoning nufuzli universitetlariga oʻqishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
