Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizimni joriy qilinadi

Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizimni joriy qilinadi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishi bo’lib o’tmoqda.

 

“Taʼlimda sifat boʻlishi uchun eng avvalo pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bunga tayyor boʻlishi kerak”, – dedi Prezident yigʻilishda.

 

Bu borada Avloniy malaka oshirish instituti transformatsiya qilinib, uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etilishi belgilandi.

 

 

Nizomiy oliygohi – Milliy pedagogika universiteti sifatida tayanch oliygoh, uning rektori esa bir vaqtning oʻzida kadrlar tayyorlash boʻyicha vazir oʻrinbosari hisoblanadi. Hududlardagi 12 ta pedagogika oliygohi ham MMTV tizimiga oʻtkazilgan.

 

 

Shuningdek, pedagog, talaba va oʻquvchilar bilim va koʻnikmasini baholashning yagona tizimi yaratilib, mustaqil boʻlgan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil qilingan.

 

 

Endilikda mutasaddilar yaratilgan imkoniyatlar asosida kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va ularni baholash boʻyicha mutlaqo yangi tizimni joriy qilishi belgilangan.