“Tiz cho‘kib, kechirim so‘ra” — holat bo‘yicha viloyat MMTB munosabat bildirdi (video)

“Tiz cho‘kib, kechirim so‘ra” — holat bo‘yicha viloyat MMTB munosabat bildirdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan o‘g‘il bola bir qizning oyog‘iga bosh urgan holda uzr so‘ragani aks etgan tasvirlar tarqaldi. Bunga Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, holat bir yil avval Paxtachi tumani 21-umumta’lim maktabi mas’ullari ishtirokida sodir bo‘lganligi aytilgan.

 

«Ijtimoiy tarmoqlarda «Yetimni boshi boyning qizini oyog‘iga tengmi?» sarlavhali  (Paxtachi tumani 21- umumta’lim maktabi mas’ullari ishtirokida sodir bo‘lganligi aytilgan)  videolavha tarqaldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat bir yil oldin sodir bo‘lgan.

 

Ayni paytda holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari o‘rganishlar olib bormoqda», — deyiladi xabarda.