Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi Umarjon Aʼlamov IELTS imtihonidan 8 ball oldi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu natija ingliz tilini yuqori darajada egallaganlikni bildiruvchi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
