Shavkat Mirziyoyevga kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va turlarini kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.
Taqdimotda kambag‘al oilalarni ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga qarab, uch toifada qo‘llab-quvvatlash taklif qilindi.
Shuningdek, endilikda kambag‘al oila farzandlari maktabdagi uzaytirilgan kun guruhlari uchun to‘lovdan ozod qilinadi, a’lo bahoga o‘qiganlar oromgohlarda bepul dam olishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, kambag‘al oiladan chiqqan a’lochi talaba-qizlarga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdorida (750 ming) maxsus stipendiya to‘lanishi belgilandi.
