Bugun 6 ta fan bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni

Bugun 6 ta fan bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni

20-aprel kuni kimyo, fizika, tarix, biologiya, matematika va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

 

 

To‘lovlar esa 21-aprelgacha amalga oshirilishi mumkin. Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 3-4-may kunlari o‘tkaziladi.

 

 

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

 

 

Eslatma! Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e’lon qilingan 2025-yil 1-yarim yillik rejasiga ko‘ra, bu — ushbu fanlardan davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonigacha o‘tkaziladigan so‘nggi milliy sertifikat imtihonidir.

Bugun 6 ta fan bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni