Florida universitetida yuz bergan otishma natijasida 5 kishi halok boʻlgani aytilmoqda

Florida universitetida yuz bergan otishma natijasida 5 kishi halok boʻlgani aytilmoqda

Florida Shtati Universiteti (FSU)da 2025-yil 17-aprel kuni otishma sodir boʻldi. Bu haqida CNN telekanali xabar bermoqda.

 

Otishma natijasida 5 kishi hayotdan koʻz yumgan va yana 6 kishi jarohatlangan. Tergovchilar tomonidan aniqlangan maʼlumotlarga koʻra, gumonlanuvchi shaxs FSUda siyosatshunoslik boʻyicha tahsil olgan.

 

Gumonlanuvchi otishmani Hummer avtomobili bilan boshlagan va miltiqdan oʻq uzgan. Keyin pistoletni olib, bir ayolni oʻqqa tutgan. Qoʻlga olingan jinoyatchi hozirda kasalxonada davolanmoqda.

FSU otishma sodir boʻlishidan soʻng barcha darslarni va tadbirlarni noma’lum muddatga qadar bekor qildi. Universitet hududida bir nechta bino yopilgan. Tergov davom etmoqda.


Holatga Prezident Donald Tramp: “Bu juda achinarli voqea. Bunday voealar sodir boʻlishi juda yomon.” deya izoh bergan.


Tergovchilar hozirda otishmaning sababini aniqlashga harakat qilmoqdalar.