Buxoro viloyati Buxoro shahridagi umumiy o’rta ta’lim maktabning 9-sinf oʻquvchisi Muqumova Nodira biologiya fanidan A+ darajasini olgan. Ushbu natija kirish imtihonlaridan biologiya fanidan eng maksimal ballga erishish imkoniyatini beradi.
Bundan avvalroq:
– Andijon viloyati Baliqchi tumani 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 10-sinf oʻquvchisi Karimjonov Azizbek kimyo va biologiya fanlaridan A+;
– Buxoro viloyati Jondor tumani 33- maktab 10-sinf o’quvchisi To’lusov Umid kimyo va biologiya fanlaridan A+;
– Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Avitsenna xususiy maktabi 10-sinf oʻquvchisi Norxo’jayev Lazizjon kimyo fanidan A+ va biologiyadan esa A darajasini qo’lga kiritgan edi.

