Yaponiyada darslar orasidagi tanaffus 10 daqiqadan. Tushlik uchun 1 soat ajratilgan. O‘quvchilar tanaffusni asosan kutubxonada o‘tkazishni ma’qul ko‘radi. So‘rovnomalarga ko‘ra, yapon o‘quvchilari uchun kitoblar ichida bo‘lish eng yoqimli hordiq chiqarish ekan.
Finlyandiya hukumat maktab hovlisidagi asfalt o‘quvchi ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydi. Shuning uchun maktab atrofi yashil maydonlar bilan o‘ralgan. O‘quvchilar har bir darsdan keyin 15 daqiqalik tanaffusni shu maysazorlarda o‘tkazadi.