Ma’lumki, o’tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti.
1-bosqich 0’tgan yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshirilgan. Amaldagi tartib bo’yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi.
Avval hamma OTMga kirish uchun imtihon topshiradigan fanlarini tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi.
2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.
Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.
