Joriy yil sentyabrdan xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yil sentyabrdan xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

 

 

O‘tgan oyda yoshlar bilan uchrashuvda Prezident yoshlarimizning jahon darajasida bilim olishi uchun zamin yaratish hamda ularni dunyodagi eng ilg‘or universitetlarda o‘qishiga ko‘maklashish kabi tashabbuslarni ilgari surgan edi. Taqdimotda buning amaliy va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

 

 

Xususan, shu maqsadda joriy yil sentyabrdan xalqaro maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bunga dastlab 8-sinf bitiruvchilari orasidan eng iqtidorli 60 nafar o‘g‘il-qiz saralab olinadi. Ta’lim dasturi xalqaro andoza asosida 3 qismdan – asosiy fanlar, ixtisoslik fanlari, yetakchilik va ijtimoiy faollikni o‘rgatuvchi fanlardan iborat bo‘ladi. O‘quv yili 3 davrga bo‘linib, 11 oy davom etadi.