Yana bir 10-sinf oʻquvchisi IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi

Yana bir 10-sinf oʻquvchisi IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi

Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Abduazimxon Moʻminov IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi xabar berdi.

 

 

Avvalroq, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Sardorbek Abdumannobov IELTS imtihonidan 8 ball, Toshkent viloyatidagi 58-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Komronbek Iskandarov ham 8 ball hamda Nukus shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Mehribon Nurjanova IELTS imtihonidan 8 ballni qo’lga kiritgan edi.