9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2025-yil 26-maydan 15-iyungacha oʻtkaziladi (Jismoniy tarbiya va kasbiy taʼlim fani bundan mustasno).
Chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar imtihondan ozod qilinadi.
Tegishli fanlar boʻyicha, yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlanadi.
Tanlangan 2 ta imtihon variantlari vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va ushbu variantlar asosida respublika boʻyicha barcha bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati – Faylni yuklash
Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar ro’yxati – Faylni yuklash
2024-2025 oʻquv yili yakunida Kasb-hunar yoʻnalishi boʻyicha yakuniy imtihon boʻlib oʻtadigan taʼlim muassasalari ro’yxati – Faylni yuklash
