Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Muhammaddiyor Olimjonov Shanxay Nyu-York universitetiga toʻliq grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Bitiruvchimiz yutgan grant miqdori 248 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Maʼlumot oʻrnida, Shanxay Nyu-York universiteti (NYU Shanghai) – bu Nyu-York universitetining (NYU) xalqaro tarmoqlaridan biri bo‘lib, Xitoyning Shanxay shahrida joylashgan. Oliygoh Nyu-York universitetining akademik dasturlarini taqdim etadi. Shuningdek, talabalar uchun global miqyosda taʼlim olish imkoniyatlarini beradi.

