Wisevoter dunyo bo’yicha bilim darajasi yuqori bo’lgan TOP-10 mamlakat reytingini e’lon qildi.
Unga ko’ra, Janubiy Koreyada aholining deyarli 70 foizi oliy ta’limni tamomlagan, bu dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Kuchli uchlikka Kanada va Yaponiya 5 foizdan kam farq bilan kiradi.
Janubiy Koreya – 69,29%
Kanada – 66,36%
Yaponiya – 64,81%
Lyuksemburg – 63,12%
Irlandiya – 62,88%
Rossiya – 62,09%
Litva – 57,48%
Buyuk Britaniya – 57,47%
Niderlandiya – 55,6%
Norvegiya – 55,03%
Shuningdek, O’zbekiston 16,4% bilan 64-o’rinda turibdi.
Wisevoter tahlilchilari, shuningdek, yetakchi mamlakatlarda yaxshi moliyalashtirilgan ta’lim dasturlari, jahon darajasidagi universitetlar mavjudligi va ilmiy tadqiqotlarga e’tibor qaratilayotganini ta’kidlagan.
