Xabaringiz bor, buxorolik Parviz Tuxsanov SAT xalqaro imtihonida eng maksimal natija — 1600 ball to‘plagan birinchi o‘zbekistonlik bo‘lgan edi.
Joriy yilning 14-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvda Parvizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi.
— Ota-onangga, murabbiylaringga rahmat. Qanday baxtli onasiz, farzandni shunday voyaga yetkazganingiz uchun sizdan minnatdorman. Buxoroni Buxoroyi sharif deydi. Shariflikka munosib farzand katta qilibsiz. Men sizdan juda minnatdorman.
Parvizning onasi ota-onalarga murojaat bilan chiqib, shunday dedi:
“Aziz ota-onalar, iltimos. Agar biz ortiqcha xarajatlarni to‘y-dabdabalarga sarflamasdan, mablag‘larimizni o‘zimizning farzandlarimizga investitsiya qilsak, bu albatta yaqin kelajakda o‘z natijasini ko‘rsatadi. Buni o‘g‘lim misolida sizlarga tavsiya qilaman”.
