Joriy yilning 24-yanvar kuni “University of Business and Science” vakillari va O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi mutasaddilari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Namangan va Toshkent shahrida faoliyat ko’rsatib kelayotgan UBS oliygohining xalqaro munosabatlari, akademik hamkorliklar va ta’lim sohasidagi bir qator yangi imkoniyatlar haqida fikr almashildi:
— Koreyaning yetakchi universitetlari bilan 2+2, 3+1 qo‘shma ta’lim dasturlari;
— talabalar almashinuvi;
— talabalarni qisqa muddatli amaliyotlarga yo‘naltirish;
— o‘qishni hamkor universitetlarda davom ettirish masalalari keng muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari bilan muhokamalarda muhim takliflar ham ilgari surildi. Jumladan,
— “Kyungdong University” bilan tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish;
— “Korea Elevator University” bilan lift muhandislarini tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilish;
— sanoat korxonalari bilan talabalar uchun qisqa muddatli amaliyotlarni tashkil etish kabi tashabbuslar ilgari surildi va kelgusi rejalarga kiritildi.
