Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi xodimlari tomonidan 181- va 233-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarining Sanitariya qoida va me’yorlariga javob berishi hamda o’quvchilar o’rtasida yuqumli kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari olib borilayotganligi yuzasidan nazorat olib borildi. Bu haqda Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
181-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilgan nazorat davomida:
➖sabzavot saqlash omborxonasi joriy ta’mirga muhtoj bo’lib, ayrim mahsulotlar yerda saqlanayotgani;
➖muzlatgichlarda mahsulot saqlash qoidalari buzilgani;
➖taomnomada tushlikka kisel yozilgan bo’lib, lekin kompot berilganligi aniqlangan.
233-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida esa:
➖tashkilot oshxonasi va omborxonasining ta’mirga muhtojligi;
➖mahsulotga ishlov berish stollari yetishmasligi va o’z o’rnida ishlatilmayotgani;
➖muzlatgichlar bir qancha vaqt davomida tozalanmagani;
➖sifati o’tgan murabbo saqlanayotgani ma’lum bo’lgan.