Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 1-sinf oʻquvchilariga koʻshimcha taʼtil belgilanishi nazarda tutilgan.
Unga koʻra, 1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi. Taʼtil muddatini maktab maʼmuriyati belgilaydi.
Maktablarda taʼtillarning (kanikul) muddatlari quyidagicha belgilangan:
kuzgi taʼtil — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun
qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi taʼtil — oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha.
Bayram kuniga toʻgʻri kelib, qoldirilgan mavzular ixchamlashtirilgan (tigʻizlashtirilgan) holda oʻtiladi va jurnalga yoziladi.