40 ming nafar maktab qorovuli Milliy gvardiya safiga oʻtkaziladi

Xodimlar yangi talabga koʻra almashtirilishi nazarda tutilgan. Bu haqida bugun boʻlib oʻtgan Senat majlisida aytib oʻtildi.

 

Milliy gvardiya Yuridik taʼmilash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Ilhom Turgʻunovning maʼlumotiga koʻra, bir yil davomida 500 mingdan ortiq ota-onalar tarbiya masalasida ogohlantirilgan boʻlsa ularning 100 mingdan ortigʻiga maʼmuriy jazo qoʻllanilgan.

 

Maʼlumot uchun, Senatning uchinchi yalpi majlisida “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi va maʼqullandi.

 

Unga koʻra Milliy gvardiya organlari, shu jumladan uning voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlariga MJtKning 4 moddasi boʻyicha maʼmuriy ishlarni koʻrish vakolati berilmoqda:

 

– bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish borasida majburiyatlarini bajarmaslik (47-modda);

 

–  jamoat joylarida sigaret chekish (56-1-modda)

 

–  jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilish (187-modda 1-qismi);

 

–  voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish (188-modda) nazarda tutilgan maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish va jazo qoʻllash vakolati berilmoqda.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры